Vaqtinçalik domenlar
ispmanager.name zonasidagi vaqtinçalik domen nima, u qanday işlaşi, unga qöyiladigan talablar hamda uni saytga qanday ulaş va öçirişni bilib olasiz.
Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.
Vaqtinçalik domen — ispmanager.name zonasidagi törtinçi darajali domen. U foydalanuvçilarga ispmanager-da yaratilgan istalgan saytni domen sotib olmasdan va qöşimça sozlamalarsiz brauzer orqali oçiş imkonini beradi.
Undan sinov uçun yoki AI sayt konstruktori yordamida yaratilgan yangi saytni tez işga tuşiriş uçun foydalaniladi.
Vaqtinçalik domen qanday işlaydi
Vaqtinçalik domen asinxron qayta işlaş jarayoni orqali yaratiladi: ispmanager → taşqi xizmat → Let's Encrypt → ispmanager.
- ispmanager sayt va domen şakllari hodisalarini qayta işlaydi, maʼlumotlar bazasini yuritadi, rejalaştirilgan vazifalar va foydalanuvçi muammolarini boşqaradi, taşqi xizmat bilan aloqa qiladi hamda yozuvlarni yaratiş/öçiriş va sinxronlaş kabi uzoq davom etadigan amallarni bajaradi.
- Taşqi xizmat DNS-ni boşqarişdan taşqari IP manzilga egalik qilişni tekşiradi va bitta server uçun beriladigan vaqtinçalik domenlar sonini çeklaydi.
- Let's Encrypt sertifikatlaş markazi vazifasini bajaradi va vaqtinçalik domen uçun SSL sertifikatini çiqaradi.
Nom formati
Vaqtinçalik domen <random_characters>.<site_ip_address>.ispmanager.name formatida böladi. Masalan: a1b2c3d4e5.192-0-2-10.ispmanager.name.
Nginx orqali proksilaş
Vaqtinçalik domen sayt fayllarida körinmaydi va faqat proksilaş orqali işlaydi. Parametr yoqilganda saytning Nginx konfiguratsiya fayliga proksi sozlamalari bloki qöşiladi. Vaqtinçalik domen öçirilgandan söng bu proksi bloki olib taşlanadi.
Saytni sinab körgandan söng konfiguratsiya fayllarida yoki CMS sozlamalarida domen nomini özgartiriş şart emas — vaqtinçalik domenni öçiriş kifoya.
DNS
Vaqtinçalik domen uçun A yozuvi ispmanager xizmati tomonida avtomatik sozlanadi va sayt sozlamalarida belgilangan IP manzilga mos keladi. Boşqa DNS yozuvlari yaratilmaydi, şuning uçun vaqtinçalik domendan poçta uçun yoki sayt sinovidan boşqa maqsadlarda foydalanib bölmaydi.
Agar saytning IP manzili özgarsa, vaqtinçalik domen yangi IP manzil bilan qayta yaratiladi.
SSL
Vaqtinçalik domen uçun bepul Let's Encrypt SSL sertifikati avtomatik çiqariladi. Bu sertifikat umumiy sertifikatlar röyxatida körinsa-da, uni qölda boşqarib bölmaydi; yangilaş, qayta çiqariş va tekşiriş ispmanager xizmatlari tomonidan avtomatik bajariladi.
Çiqarilgan sertifikat saytga qöşimça SSL sertifikati sifatida biriktiriladi; u saytning asosiy sertifikati örnini bosmaydi, faqat saytning Nginx konfiguratsiya faylidagi vaqtinçalik domen bloki uçun işlatiladi. Saytning asosiy SSL sertifikati özgarişsiz qoladi.
Agar SSL sertifikatini çiqarib bölmasa — masalan, Let's Encrypt limitlariga yetilgan bölsa — sertifikat yaratilmaydi va vaqtinçalik domen HTTP orqali oçiladi.
Vaqtinçalik domen uçun SSL sertifikatini oddiy sayt uçun bölgani kabi çiqariş ham mumkin.
Ogohlantiriş sahifasi
Vaqtinçalik domenga birinçi marta kirilganda statik ogohlantiriş sahifasi körsatiladi. Unda quyidagilar bor:
- bu vaqtinçalik domen ekani haqida tuşuntiriş;
- «Mark this domain as trusted and do not show this message for 90 days» (Bu domenni işonçli deb belgilaş va 90 kun davomida bu xabarni körsatmaslik) varianti;
- «Visit the website» (Saytga ötiş) tugmasi.
«Visit the website» tugmasi bosilganda brauzerda trusted_temp_domain=Yes cookie fayli örnatiladi; Nginx bu cookie yordamida vaqtinçalik domendan kelgan sörovlarni haqiqiy saytga proksilaydi.
Agar taşrif buyuruvçi «Mark this domain as trusted and do not show this message for 90 days» variantini tanlasa, cookie 90 kun amal qiladi; aks holda u faqat 1 kun amal qiladi.
SEO
Vaqtinçalik domen qidiruv tizimlari tomonidan indekslanmaydi.
Xizmat muddati
Vaqtinçalik domenning amal qiliş muddati çeklanmagan. U foydalanuvçi yoki administrator öçirmaguniça faol qoladi.
Vaqtinçalik domenlardan foydalaniş talablari
- ispmanager tarifi: lite, pro yoki host.
- Saytga kamida bitta ommaviy IPv4 manzil tayinlangan bölişi kerak. IPv6 manzillar qöllab-quvvatlanmaydi.
- ispmanager-da Nginx örnatilgan bölişi kerak.
- ispmanager-da NAT işlatilmasligi kerak.
Agar bu şartlardan birortasi bajarilmasa, sayt sozlamalari şaklidagi vaqtinçalik domen belgisi yaşiriladi yoki faol bölmaydi.
Vaqtinçalik domenlarni yoqiş
Yangi örnatişlarda (6.152 va undan keyingi versiyalar) vaqtinçalik domenlar barça foydalanuvçilar uçun standart holatda yoqilgan böladi. 6.152 yoki undan yuqori versiyaga yangilanganda ham, agar texnik domenlar hali yaratilmagan bölsa, ular yoqiladi. Aks holda vaqtinçalik domenlardan foydalanişni qölda yoqiş kerak.
- ispmanager paneliga administrator darajasidagi yoki undan yuqori hisob bilan kiring.
- «Policies» (Siyosatlar) bölimiga öting.
- «Enable the use of ispmanager temporary domains» (ispmanager vaqtinçalik domenlaridan foydalanişni yoqiş) belgisini qöying yoki olib taşlang.
Saytga vaqtinçalik domenni ulaş
Diqqat: Bitta saytga faqat bitta vaqtinçalik domen ulaş mumkin.
Vaqtinçalik domenni saytni yaratiş yoki tahrirlaş paytida ulang. Buning uçun «Connect a temporary domain» (Vaqtinçalik domenni ulaş) belgisini qöying va özgarişlarni saqlang.

Agar vaqtinçalik domenni ulaşda xatolik yuz bersa, ispmanager foydalanuvçi uçun avtomatik hal qiliş imkoniyati bölgan muammo yozuvini yaratadi.
Vaqtinçalik domenni öçiriş
Saytni tahrirlaşda «Connect a temporary domain» belgisini olib taşlaş kifoya.
Jurnal
Vaqtinçalik domen faoliyati alohida jurnal fayliga yoziladi: /usr/local/mgr5/var/temporary_domain.log.
Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/temporary-domains
Orax