Yangi WordPress sayti
ispmanager-da WordPress saytini qölda sozlamasdan qanday yaratiş, mavzu tanlaş hamda WordPress, mavzular va plaginlar versiyalarini boşqarişni bilib olasiz.
Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.
ispmanager panelida WordPress asosidagi saytni qölda sozlamasdan yaratiş mumkin.
WordPress uçun talablar
WordPress-ni örnatiş uçun sayt egasiga PHP va MBBT-ning (maʼlumotlar bazasini boşqariş tizimi) eng kam talab qilinadigan versiyalari örnatilgan va yoqilgan bölişi kerak.
Talablar rasmiy ispmanager repozitoriyasidagi webscripts.xml faylida eng oxirgi körsatilgan WordPress versiyasi uçun tekşiriladi.
Sayt yaratilganda, agar içki örnatilgan WordPress versiyasi işlatilsa, WordPress-ning eng söngği versiyasi örnatiladi. Agar panel administratori öz skriptlarini qöşgan bölsa, standart versiya örnatiladi.
Sayt yaratiş
WordPress asosidagi sayt yaratilganda quyidagilar avtomatik bajariladi:
- Içki örnatilgan WordPress skripti işlatilsa, WordPress-ning eng söngği versiyasi örnatiladi. Agar panel administratori öz WordPress skriptlarini qöşgan bölsa, standart versiya örnatiladi.
- Yangi maʼlumotlar bazasi yaratiladi (standart MBBTda).
- Iloji bölsa, Let's Encrypt sertifikati çiqariladi va HTTP sörovlari HTTPS-ga yönaltiriladi. Iloji bölmasa, sayt sertifikatsiz yaratiladi.
- Sayt uçun egasiga standart sifatida belgilangan PHP versiyasi va işlovçisi yoki talablarga mos keladigan boşqasi tanlanadi.
Saytning qolgan parametrlari standart qiymatlarga örnatiladi.
Sayt yaratiş uçun:
-
«Sites» (Saytlar) bölimiga öting.
-
Sayt yaratiş tugmasi — «Create a site» ustiga kursorni olib boring va «WordPress»ni tanlang.

-
Sayt uçun mavzu tanlang. Mavzularni nomi böyiça qidiriş va turkumi böyiça filtrlaş mumkin.
- «Details» (Batafsil) tugmasini bosing — rasmiy WordPress saytidagi mavzular sahifasiga ötasiz, yoki
- «Select» (Tanlaş) tugmasini bosing — tanlangan mavzu bilan sayt yaratiladi. Mavzuni faqat u uçun kerakli dasturiy taʼminot foydalanuvçiga yoqilgan bölsa tanlaş mumkin.

Batafsil: Mavzular röyxati rasmiy WordPress saytidagi röyxat asosida tuziladi va ommaboplik böyiça saralanadi. Mavzular kuniga bir marta yangilanadi. Röyxat
/usr/local/mgr5/var/katalogidagiwordpress_list_cache.jsonfaylida saqlanadi. -
Maydonlarni töldiring:
- «Domain name» — sayt uçun domen nomi;
- «Connect a temporary domain» — yoqilganda sayt uçun vaqtinçalik domen yaratiladi, öçirilganda domen olib taşlanadi;
- «Select a user» (reseller darajasidagi va undan yuqori hisoblar uçun mavjud) — saytning egasi böladigan foydalanuvçi.
-
«Create» (Yaratiş) tugmasini bosing va sayt yaratiş jarayoni tugaşini kuting.
Sayt muvaffaqiyatli yaratilsa, panelda WordPress örnatilgani haqida bildirişnoma paydo böladi. Unda WordPress administrator paneli va maʼlumotlar bazasiga kiriş maʼlumotlari körsatiladi.
API orqali WordPress saytini yaratiş
API orqali WordPress saytini yaratişda mavzu tanlaşdan taşqari WordPress plaginlarini ham örnatiş mumkin.
- ispmanager paneli örnatilgan serverga foydalanuvçi darajasidagi yoki undan yuqori hisob bilan SSH orqali ulaning.
wordpress.site.editfunksiyasiga sörov yuboring va quyidagi parametrlarni uzating:theme_slug— mavzu nomi (majburiy);domain— sayt nomi (majburiy);owner(reseller darajasidagi va undan yuqori hisoblar uçun mavjud) — sayt egasi (majburiy);plugin— plaginlar röyxati (ixtiyoriy).
Masalan, quyidagi sörovlar Twenty Twenty Five mavzusi hamda Ninja Forms va Content Slider Block plaginlari bilan test.domain nomli sayt yaratadi.
Foydalanuvçi nomidan bajariladigan mgrctl sörovi misoli:
/usr/local/mgr5/sbin/mgrctl -m ispmgr wordpress.site.edit domain=test.domain theme_slug=twentytwentyfive plugin=ninja-forms,content-slider-block
Reseller, administrator yoki superfoydalanuvçi nomidan bajariladigan URL sörovi misoli:
curl -X POST "https://IP_OR_DOMAIN:1500/ispmgr?func=wordpress.site.edit&domain=test.domain&theme_slug=twentytwentyfive&owner=www-root&plugin=ninja-forms,content-slider-block"
WordPress-ni boşqariş
WordPress administrator paneliga kiriş
- «Sites» (Saytlar) bölimiga öting.
- Saytni tanlang va menyu tugmasini bosing.
- Kontekst menyusida «WordPress» bandini tanlang.
WordPress administrator paneli uçun login va parol körsatilgan şakl oçiladi. Agar ular WordPress örnatilgandan söng özgartirilgan bölsa, şakldagi maʼlumotlar eskirgan böladi.

WordPress, mavzular va plaginlar versiyalarini boşqariş
ispmanager panelidan WordPress, mavzular va plaginlarning örnatilgan versiyalarini muayyan sayt uçun ham, serverdagi barça saytlar uçun ham boşqariş mumkin.
Diqqat: Agar WordPress saytning turli kataloglariga bir neçta marta örnatilgan bölsa, faqat oxirgi örnatilganini boşqariş mumkin böladi.
Bitta sayt uçun
- ispmanager-ga foydalanuvçi darajasidagi yoki undan yuqori hisob bilan kiring.
- «Sites» (Saytlar) bölimiga öting.
- Saytni tanlang va menyu tugmasini bosing.
- Kontekst menyusida «WordPress» bandini tanlang.
Oçilgan şaklda örnatilgan CMS, mavzular va plaginlarni hamda ular bilan bajariladigan quyidagi amallarni körasiz:
- «Update» (Yangilaş) — versiyani eng söngğisiga yangilaydi. Versiya eskirgan bölsa, tugma faol böladi.
- «Enable/Disable» (Yoqiş/Öçiriş) — plaginni faollaştiradi yoki öçiradi. Tugma faqat plaginlar uçun mavjud.

Barça saytlar uçun
Boşqariş imkoniyati:
- foydalanuvçi hisobida — foydalanuvçining barça saytlari uçun;
- reseller hisobida — resellerning barça foydalanuvçilariga tegişli barça saytlar uçun;
- administrator hisobida — barça foydalanuvçilarning barça saytlari uçun.
WordPress-ni boşqariş uçun:
-
ispmanager-ga foydalanuvçi darajasidagi yoki undan yuqori hisob bilan kiring.
-
«WordPress» bölimiga öting. WordPress, mavzular va plaginlarning örnatilgan versiyalari röyxati bilan jadval oçiladi.
-
Röyxatda bir yoki bir neçta obyektni tanlang va asboblar panelida kerakli amal tugmasini bosing. Mavjud amallar:
Tugma Tavsif «Update» Versiyani eng söngğisiga yangilaydi. «Enable» Plaginni faollaştiradi. Amal faqat plaginlar uçun mavjud. «Disable» Plaginni öçiradi. Amal faqat plaginlar uçun mavjud. «Install updates» Örnatilgan versiyalar röyxatini yangilaydi. Tugma faqat superfoydalanuvçi huquqlariga ega administrator hisobi uçun mavjud. 
WordPress texnik tafsilotlari
Sayt uçun PHP işlovçisi va versiyasini tanlaş
- Agar sayt egasiga standart sifatida belgilangan PHP versiyasi va işlovçisi WordPress, tanlangan mavzu va plaginlarning eng kam talablariga mos kelsa, standart sozlamalar tanlanadi.
- Agar standart PHP versiyasi talab qilinganidan past bölsa, foydalanuvçi uçun mavjud işlovçilar röyxati tuziladi.
- Panel şu işlovçilar uçun yoqilgan alternativ PHP versiyalarini eng eskisidan eng yangisigaça tekşiradi. Işlovçilar quyidagi tartibda tekşiriladi:
- LSAPI (agar CloudLinux, LiteSpeed yoki lsphp bilan ispmanager çeklaş moduli işlatilsa);
- Apache moduli;
- FastCGI (Apache);
- FastCGI (Nginx);
- CGI.
- Sayt uçun birinçi mos keladigan versiya tanlanadi.
- Agar alternativ versiyalar orasida mos keladigani bölmasa, tizimning asl (native) versiyasi tekşiriladi.
- Agar bu versiya ham talablarga mos kelmasa, xatolik yuz beradi.
Misol: Saytlar Apache-da işlaydi. Foydalanuvçi uçun Apache moduli va FastCGI işlovçilari hamda PHP 7.4, 8.1 va 8.2 versiyalari yoqilgan. Örnatiladigan WordPress versiyasi — 6.8.
→ Foydalanuvçi sayti uçun Apache moduli işlovçisi va PHP 8.1 tanlanadi.
WP CLI
Mavzular va plaginlar WP CLI yordamida örnatiladi. WP CLI birinçi WordPress sayti yaratilganda örnatiladi va /usr/local/bin/ katalogida joylaşadi.
WP CLI sayt bilan bir xil PHP versiyasidan foydalanadi. WP CLI töğri işlaşi uçun PHP versiyasi talab qilinganiga teng yoki undan yuqori bölişi kerak.
WordPress versiyalari röyxatini sinxronlaş
Standart holatda «WordPress» bölimidagi WordPress, mavzular va plaginlarning örnatilgan versiyalari röyxati kuniga bir marta avtomatik yangilanadi. Yangilaş davriyligini özgartiriş uçun panelning /usr/local/mgr5/etc/ispmgr.conf konfiguratsiya fayliga daqiqalarda körsatilgan kerakli qiymat bilan WordPressUpdateInfo parametrini qöşing. Masalan, quyidagi qiymat bilan röyxat har 2 soatda yangilanadi:
WordPressUpdateInfo 120
Maʼlumotlar bazalari
Örnatilgan mavzular va plaginlar ispmanager maʼlumotlar bazasiga mos ravişda wordpress_theme_assign va wordpress_plugin_assign jadvallariga yoziladi.
wordpress_theme_assign jadvali ustunlari:
- name — mavzu nomi (slug);
- installed_version — mavzuning örnatilgan versiyasi;
- available_version — örnatiş uçun mavjud mavzu versiyasi;
- status — mavzu holati, mumkin bölgan qiymatlar:
- active — yoqilgan;
- inactive — öçirilgan;
- repo — mavzu örnatilgan repozitoriya;
- webdomain — mavzu örnatilgan sayt.
wordpress_plugin_assign jadvali ustunlari:
- name — plagin nomi (slug);
- installed_version — plaginning örnatilgan versiyasi;
- available_version — örnatiş uçun mavjud plagin versiyasi;
- status — plagin holati, mumkin bölgan qiymatlar:
- active — yoqilgan;
- inactive — öçirilgan;
- repo — plagin örnatilgan repozitoriya;
- webdomain — plagin örnatilgan sayt.
Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/new-wordpress-site
Orax