Orax Orax
Kiriş

Saytni klonlaş

ispmanager panelida saytning töliq işlaydigan nusxasini qanday yaratiş, nimalar nusxalanişi va klonlaş jurnalini qayerdan körişni bilib olasiz.

Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.

ispmanager istalgan saytni tez klonlaş imkonini beradi — bir neçta daqiqada uning töliq işlaydigan nusxasini yaratiş mumkin. Klonlaş özgarişlarni sinab köriş, sinov (staging) muhitini yaratiş yoki asosiy saytni xavf ostiga qöymasdan loyihaning yangi versiyasini işga tuşiriş uçun qulay.

Saytni klonlaş uçun talablar

Saytni klonlaşdan oldin bölajak sayt egasiga asl sayt bilan bir xil işlovçidan (PHP, Python yoki Node.js) foydalanişga ruxsat berilganiga işonç hosil qiling.

Saytni klonlaş jarayoni

Klonlaşni boşlaşdan oldin ispmanager bölajak sayt egasining sozlamalarini va körsatilgan domenni tekşiradi. Agar sozlamalar talablarga mos kelmasa yoki domen notöğri körsatilgan bölsa, jarayon muvaffaqiyatsiz tugaydi va xatolik körsatiladi. Barça talablar bajarilgan bölsa, klonlaş avtomatik boşlanadi.

Quyidagi obyektlar klonlanadi:

Obyektlar Nusxalanadimi
Sayt sozlamalari Ha
Saytning PHP sozlamalari Ha
Saytning xatolik sahifalari Ha
Sayt yönaltirişlari Ha
Saytga kirişni çeklaşlar Ha
Sayt fayllari Ha
Sayt maʼlumotlar bazasi Ha
Saytning subdomen bölgan taxalluslari Ha
SSL sertifikati Yöq
Port Yöq

Sayt fayllari — batafsil: Klon sayt fayllarida asl saytning nomi özgarişsiz qoladi. Zarur bölsa, uni qölda özgartiring.

Sayt maʼlumotlar bazasi — batafsil: Klon saytning maʼlumotlar bazasi uçun ispmanager yangi nom va yangi avtorizatsiya maʼlumotlarini yaratadi, maʼlumotlar bazasi tarkibi esa özgarişsiz qoladi. Klon sayt fayllaridagi maʼlumotlar bazasiga ulaniş maʼlumotlarini esa qölda almaştirişingiz kerak.

WordPress saytlari uçun ispmanager maʼlumotlar bazasiga ulaniş maʼlumotlarini avtomatik almaştiradi.

Saytning subdomen bölgan taxalluslari — batafsil: one.example.com va test.com taxalluslari bölgan example.com sayti klonlanganda klonga ixtiyoriy nom, masalan, clone.com beriladi va u one.clone.com taxallusiga ega böladi.

Boşqa saytlarning taxalluslari bilan ustma-ust tuşmasligi uçun test.com taxallusi nusxalanmaydi.

Port — batafsil: Agar saytga port tayinlangan bölsa, klon saytga keyingi böş port tayinlanadi.

Sayt klonini yaratiş

Sayt klonini yaratiş jarayoni

  1. ispmanager hisobingizga kiring.
  2. «Sites» (Saytlar) bölimiga öting.
  3. Mavjud saytni tanlang.
  4. Menyu tugmasini bosing.
  5. Kontekst menyusida «Clone site» (Saytni klonlaş) bandini bosing.
  6. Şaklni töldiring:
    • «Domain name» — saytning internetdagi noyob nomi. Ruxsat etilgan eng katta uzunlik: 255 belgi.
    • «Owner» — sayt egasi bölgan foydalanuvçi. Bu maydon foydalanuvçi darajasidagi hisoblar uçun mavjud emas.
  7. «Clone» (Klonlaş) tugmasini bosing.

Saytni klonlaş jarayoni boşlanadi. Muvaffaqiyatli tugasa, "Cloning of SITE_NAME site completed successfully." (SITE_NAME saytini klonlaş muvaffaqiyatli yakunlandi.) degan bildirişnoma paydo böladi.

Klonlaş jurnali

Klonlaş ispmanager panelining asosiy jurnaliga yoziladi: /usr/local/mgr5/var/ispmgr.log.

Jurnalda ikki hodisa qayd etiladi:

  • klonlaş amalining boşlanişi — action 'SITE_CLONE' yozuvi.

    Klonlaş amali boşlanişi misoli

    Dec 18 07:55:31 [899205:527] action EXTINFO Get message for error in action 'example-clone.com' for level 30
    
  • klonlaş amalining özi — Clone site 'ORIGINAL_SITE' to 'SITE_CLONE' yozuvi.

    Klonlaş amali misoli

    Dec 18 07:55:31 [899205:527] Clone site 'example.com' to 'example-clone.com' for level 30.
    

Xatolik yuz berganda quyidagi turdagi yozuv paydo böladi: ERROR Error: Type: ERROR_CATEGORY Object: ENTITY.

Type uçun asosiy xatolik toifalari:

  • dbms — maʼlumotlar bazasi resurslarini yaratib yoki nusxalab bölmadi;
  • skipped — obyekt topilmadi. Masalan, domen;
  • value — notöğri qiymat. Masalan, işlovçi foydalanuvçi uçun mavjud emas;
  • cert_used — SSL sertifikati band yoki mavjud emas;
  • access — amalni bajariş uçun huquqlar yetarli emas;
  • diskquota — disk joyi yetarli emas.

Xatolik misoli

Işlovçi foydalanuvçi uçun mavjud emas:

Dec 18 07:55:31 [899205:527] ERROR Error: Type: 'value' Object: 'site_handler' for level 30.

Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/site-cloning