Dasturçilar uçun API
Hosting, domenlar, monitoring va hamyonni öz kodingizdan boşqaring. REST, OAuth 2.0, oldindan başorat qilinadigan javoblar.
- 204
- endpoint
- 11
- tokensiz
- 13
- ruxsat turi
- 17
- bölim
Bir daqiqada boşlang
Birinçi sörov hozir işlaydi — röyxatdan ötiş şart emas.
1. Oçiq maʼlumotlar
Nusxalang va işga tuşiring — haqiqiy domen narxlari qaytadi.
curl https://orax.uz/api/v1/domains/tlds
2. Şaxsiy maʼlumotlar
OAuth 2.0 orqali token oling va öz akkauntingizga murojaat qiling.
curl https://orax.uz/api/v1/services \ -H "Authorization: Bearer <access_token>"
API nimalarni qamrab oladi
Bölimlar va operatsiyalar soni maʼlumotnomaning özidan olinadi — bu röyxat haqiqatdan ajralib qololmaydi.
OAuth 2.0
3Token oliş: PKCE bilan authorization code oqimi va tokenga almaştiriş.
Content
9Çop etilgan maʼlumotlar: bilimlar bazasi, blog, şarhlar, luğat, şablonlar, holat, valyutalar.
Catalog
2Mahsulotlar, tariflar va dökon kategoriyalari.
Account
9Profil, körsatiş sozlamalari, push qurilmalar, sodiqlik, referallar va öz serverlaringiz.
Services
1Xizmatlaringiz, ularning holati, uzaytiriş va tarif almaştiriş.
Service management
41Bitta akkaunt içida: domenlar, bazalar, poçta, FTP, SSL, cron, DNS, PHP, loglar, shell, SSH kalitlar, zaxiralar.
Files
11Loyiha fayllarini panel orqali öqiş va yoziş.
Add-ons
3Xizmatga qöşimçalar (ajratilgan IP), narxi har safar joriy kursda qayta hisoblanadi.
Domains
5Zona narxlari, WHOIS böyiça bandlik, röyxatdan ötganlaringiz va buyurtma.
Monitors
5Işlaş monitorlari: yaratiş, tarixni öqiş, öçiriş.
Security & SLA
4Xavfsizlik skanerlari, xizmat bahosi, aptaym va SLA kompensatsiyasi hisobi.
Orders
5Buyurtma yaratiş, tölaş va bekor qiliş.
Wallet
3Balans, operatsiyalar, töldiriş va mavjud tölov usullari.
AI agent
11Loyiha ustida AI-agentni işga tuşiriş, suhbatlar, harakatlar auditi va insaytlar.
MCP
1JSON-RPC 2.0 fasadi: taşqi AI-agent Model Context Protocol orqali hisobni ÖQIYDI.
Embeds
5Backenddan çaqirilmay, sahifaga joylanadigan narsalar: aptaym belgisi, şablon demosi.
Reseller
74Resellerlar uçun alohida API-kalitli kontur: ulgurji katalog, provizioning, vebhuklar.
Avtorizatsiya
OAuth 2.0, authorization code. Mobil ilova va SPA uçun PKCE majburiy — ularga client secret joylaş mumkin emas.
0. Ilovangizni röyxatdan ötkazing
client_id oling va redirect URI ni körsating. Bu qadamsiz keyingi ikkitasini bajarib bölmaydi.
Ilovani röyxatdan ötkaziş1. Foydalanuvçini rozilik sahifasiga yuboring
U qanday ruxsat sörayotganingizni köradi va redirect_uri ga ?code=… bilan qaytadi.
https://orax.uz/oauth/authorize ?client_id=<client_id> &redirect_uri=https://your.app/callback &response_type=code &scope=profile services:read monitors:read &state=<random> &code_challenge=<base64url(sha256(verifier))> &code_challenge_method=S256
2. Kodni tokenga almaştiring
Javobda access token (15 kun) va refresh token (30 kun) keladi.
curl -X POST https://orax.uz/oauth/token \ -d grant_type=authorization_code \ -d client_id=<client_id> \ -d redirect_uri=https://your.app/callback \ -d code_verifier=<verifier> \ -d code=<code_from_redirect>
{
"token_type": "Bearer",
"expires_in": 1296000,
"access_token": "eyJ0eXAiOiJKV1Qi...",
"refresh_token": "def50200a1b2c3..."
}3. Foydalanuvçini bezovta qilmay yangilang
Öşa manzilga grant_type=refresh_token. Ruxsatlar rozilik paytida beriladi — token foydalanuvçi tasdiqlamagan huquqni ololmaydi.
Ruxsatlar
Eng kamini sörang: aptaym paneliga monitors:read yetarli, pulga tegişli huquq kerak emas.
profile | Read your Orax profile |
services:read | View your services |
services:write | Manage your services (domains, databases, FTP) |
orders:read | View your orders |
orders:write | Create and pay orders on your behalf |
wallet:read | View your wallet balance and transactions |
wallet:write | Top up your wallet |
ai:read | View AI agent settings, conversations and project insights |
ai:write | Run the AI agent and change its settings, files and insights |
domains:read | View your domain registrations |
domains:write | Register domains on your behalf (charges your wallet) |
monitors:read | View your uptime monitors and their history |
monitors:write | Create and manage your uptime monitors |
Röyxat avtorizatsiya serverining özidan öqiladi. Maʼmuriy huquqlar uçinçi tomonga berilmaydi.
Kelişuvlar
Barça endpointlarda bir xil qoidalar — bir marta örgansangiz yetadi.
Qumsalon
Ilovani qumsalon deb belgilaş mumkin: uning tokenlari ruxsat berilgan hamma narsani öqiydi, har qanday yozuv esa error=sandbox_read_only bilan rad etiladi. Sozlaş paytida heç narsa sotib olinmaydi.
Pul — tiyinlarda
Billing doim USD da, summalar butun minor birliklarda (usd_cents). Boşqa valyutalar faqat körsatiş uçun.
Röyxatlar
Doim data va meta: page, per_page, total, last_page. per_page 50 bilan çeklangan.
Xatolar
error — barqaror maşina kodi, message — odam uçun tarjima matn. message emas, error böyiça şart yozing.
Til
Oçiq endpointlarda ?lang=uz|ru|en tarjima maydonlarini obyekt emas, bitta satr qilib qaytaradi.
Idempotency-Key
Pul harakatlantiradigan sörovlar uçun sarlavha. 24 soat içida öşa kalit bilan takror sörov ikkinçi marta yeçmaydi.
Bölimlarni öçiriş mumkin
Öçirilgan bölim API da ham 404 qaytaradi. Joriy röyxat GET /api/v1/me da keladi — ilova xato körsatmay, tabni yaşiradi.
Röyxatli javob
{
"data": [ { "id": 12, "label": "Start", "status": "active" } ],
"meta": { "page": 1, "per_page": 20, "total": 43, "last_page": 3 }
}Xatoli javob
{
"error": "insufficient_funds",
"message": "На балансе недостаточно средств."
}Xavfsiz takrorlaş
Aloqa uzilsa, sörovni öşa kalit bilan takrorlang — ikkinçi yeçim bölmaydi.
curl -X POST https://orax.uz/api/v1/orders \
-H "Authorization: Bearer <access_token>" \
-H "Idempotency-Key: 8f14e45f-ea0b-4c1e-9f2d-71c0a3d9b201" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{"plan_id": 7, "domain": "example.uz"}'Javob kodlari
Amalda işlov beriş kerak bölganlari.
200 / 201muvaffaqiyat; yaratişda 201401token yöq yoki muddati ötgan403tokenda kerakli ruxsat yöq404topilmadi yoki bölim öçirilgan409şu Idempotency-Key bilan sörov allaqaçon bajarilmoqda422validatsiya yoki biznes-qoida rad etdi429çastota çegarasi oşib ketdi
Çegaralar: asosiy API uçun daqiqasiga 90 sörov, reseller API uçun 60, WHOIS tekşiruvi uçun 20.
Oçiq maʼlumotlar
Tokensiz va röyxatdan ötmasdan.
GET /api/v1/domains/tldsDomen zonalari narxlariGET /api/v1/domains/check?domain=WHOIS orqali domen bandligini tekşirişGET /api/v1/kbBilimlar bazasiGET /api/v1/blogBlog maqolalariGET /api/v1/reviewsŞarhlar va örtaça bahoGET /api/v1/glossaryHosting atamalari luğatiGET /api/v1/templatesDemo bilan sayt şablonlariGET /api/v1/currenciesValyutalar va dollarga kursGET /api/v1/statusPlatforma holati va insidentlar
Sizning akkauntingiz
Kerakli ruxsatli OAuth 2.0 token.
GET /api/v1/meprofile · Profil, til, valyuta, mavjud bölimlarGET /api/v1/servicesservices:read · Xizmatlaringiz va ularning holatiGET /api/v1/services/{id}/uptimeservices:read · Aptaym, uzilişlar va kompensatsiya hisobiGET /api/v1/services/{id}/securityservices:read · Xizmatning xavfsizlik bahosiPOST /api/v1/domainsdomains:write · Domen röyxatdan ötkazişGET /api/v1/monitorsmonitors:read · Işlaş monitorlariPOST /api/v1/ordersorders:write · Buyurtma yaratiş va tölaşGET /api/v1/walletwallet:read · Balans va operatsiyalar tarixi
Faqat REST emas
Oddiy REST yetmaydigan holatlar uçun uçta alohida kontur.
Reseller API va vebhuklar
Alohida kalit (rsk_…), ulgurji narxlar va öz client_ref ingiz bilan provizioning. Xizmat hodisalari imzolangan vebhuk orqali keladi — imzoni tekşiring, aks holda sizga istalgan odam yozişi mumkin.
X-Orax-Signature imzosini tekşiriş
$body = file_get_contents('php://input');
$expected = hash_hmac('sha256', $body, $yourWebhookSecret);
if (! hash_equals($expected, $_SERVER['HTTP_X_ORAX_SIGNATURE'] ?? '')) {
http_response_code(403); exit;
}
$event = json_decode($body, true); // service.provisioned | .suspended | .terminated ...AI-agentlar uçun MCP
Model Context Protocol böyiça JSON-RPC 2.0: agent öz tokeni ruxsatlariga qarab filtrlangan asboblar röyxatini oladi. Birinçi versiya faqat öqiş uçun — pul va buzuvçi amallar odam qölida qoladi.
Ulaniş manzili
https://orax.uz/api/v1/mcp
Mijoz sizni qayerga avtorizatsiyaga yuborişni özi topadi: biz OAuth aniqlaş hujjatlarini çop etamiz, tokensiz rad javobi esa ularni sarlavhada körsatadi. Alohida kalit beriş şart emas.
Claude Code
claude mcp add --transport http orax https://orax.uz/api/v1/mcp
VS Code
// .vscode/mcp.json
{
"servers": {
"orax": { "type": "http", "url": "https://orax.uz/api/v1/mcp" }
}
}Orax kengaytmasini örnatiş şart emas: ikkala mijoz ham MCP ni özi tuşunadi. Bitta manzil — va muharrir hisobingizni köradi.
curl -X POST https://orax.uz/api/v1/mcp \
-H "Authorization: Bearer <access_token>" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{"jsonrpc":"2.0","id":1,"method":"tools/list"}'Mijozni qölda sozlaş kerak: dinamik registratsiyani (RFC 7591) qöllab-quvvatlamaymiz, şuning uçun baʼzi ilovalardagi «bir bosişda qöşiş» tugmasi işlamaydi. Qölda kiritilgan manzil hamma joyda işlaydi.
Hamkorlarga: barça mijozlar birdan
Hamkorlar uçun alohida manzil — özingizdagi rsk_… kaliti bilan, OAuth kerak emas. Agent barça mijozlaringiz xizmatlarini birga köradi: mijoz belgisi, holati yoki tugaş sanasi böyiça filtrlaş mumkin, va har bir satr yangilaniş özi qoplanadimi deb aytadi.
https://orax.uz/api/v1/reseller/mcp
Kataloglar uçun manifest — undagi asboblar röyxati serverning özidan generatsiya qilinadi, şuning uçun eskirmaydi:
https://orax.uz/.well-known/mcp/server.json
Joylaş uçun bloklar
Aptaym belgisi oddiy rasm: tokensiz va CORS muammosiz. Şablon demosi qumsalonda beriladi, uni iframe ga qöyiş xavfsiz.
<!-- aptaym belgisi --> <img src="https://orax.uz/badge/<token>" alt="uptime"> <!-- şablonning jonli demosi --> <iframe src="https://orax.uz/templates/12/preview" loading="lazy"></iframe>
API qanday işlaydi
Ruxsatlar alohida
Aptaym paneliga faqat monitorlarni öqiş huquqini bering — u domenlarga pul sarflay olmaydi.
Sirlar berilmaydi
Server, FTP va maʼlumotlar bazasi parollari API da umuman yöq. Öqiş tokeni maşinangizda root bölmaydi.
Pul himoyalangan
Xaridlar Idempotency-Key ni qabul qiladi: takroriy sörov ikki marta yeçmaydi.
Başorat qilinadigan javoblar
Röyxatlarda doim data va meta böladi, rad javoblari tarjima matni emas, barqaror xato kodini qaytaradi.
Versiyalar va moslik
Versiya manzilda: /api/v1. v1 içida biz endpoint va javoblarga yangi maydon qöşişimiz mumkin — kodingiz notaniş maydonlarga bardoş berişi kerak. Maydonni öçiriş, nomini yoki maʼnosini özgartiriş yangi versiyani talab qiladi, jimgina özgariş emas.
Ulanişga tayyormisiz?
Barça endpointlar, sxemalar va javob kodlari OpenAPI maʼlumotnomasida.
Orax