Poçta domenlari uçun SSL sertifikatlari
ispmanager panelida poçta domeniga alohida SSL sertifikatini qanday çiqariş yoki qöşiş, uni qanday öçiriş va uning fayllari qayerda saqlanişini bilib olasiz.
Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.
Poçta mijozi serverga xost nomi orqali ulanadi — masalan, mail.domain.com — va bu nom SSL sertifikatida borligini tekşiradi. Standart holatda barça poçta domenlari serverning xost nomi uçun çiqarilgan umumiy Exim sertifikatidan foydalanadi. Bu poçta mijozida ogohlantiriş paydo bölişiga sabab bölişi mumkin. Buning oldini oliş uçun poçta domeningizga alohida sertifikat biriktiring.
Poçta serveri sertifikatlari haqida batafsil maʼlumot uçun Main SSL certificate for Exim maqolasiga qarang.
Poçta domeni sertifikatini örnatişga tayyorgarlik
Poçta domeni uçun SSL sertifikatini örnatişdan oldin quyidagi şartlar bajarilganiga işonç hosil qiling:
- Exim va Dovecot poçta serverlari örnatilgan;
- boşqaruv panelida poçta domenining egasi bölgan foydalanuvçi yaratilgan;
- poçta domeni röyxatdan ötkazilgan va internetdan oçiq;
- sertifikatda körsatilgan nomning A yoki AAAA yozuvi boşqaruv panelidagi poçta domeni sozlamalarida tanlangan IP manzilga yönaltirilgan. Bu talab poçta domenining öz nomiga (agar sertifikatda taxallus bölmasa) yoki taxallusga (agar u körsatilgan bölsa) taalluqli.
Poçta domeni uçun sertifikat qöşiş usullari
Panelda poçta domeni uçun sertifikatni ikki usulda qöşiş mumkin:
- poçta domeni sozlamalarida yangisini yaratiş;
- «SSL certificates» (SSL sertifikatlari) bölimida öz sertifikatingizni qöşiş.
Qaysi usul tanlanişidan qatʼi nazar, poçta domeni Exim sertifikati örniga öz SSL sertifikatidan foydalana boşlaydi.
Yangi sertifikat çiqariş
- ispmanager-ga kerakli hisob bilan kiring.
- «Mail domains» (Poçta domenlari) bölimiga öting.
- «Add» (Qöşiş — kök doira içidagi oq plyus belgisi) tugmasi bilan yangi poçta domeni yarating yoki «Edit» (Tahrirlaş — qalam belgisi) tugmasi bilan mavjudini oçing.
- Sozlamalarda «Secure connection (SSL)» (Xavfsiz ulaniş) belgisini qöying.
- Kerakli maʼlumotlarni kiriting:
-
«Certificate alias» — sertifikat çiqarilayotgan nom. Aynan şu nom poçta mijozingizda IMAP, POP3 va SMTP server manzili sifatida işlatilişi kerak. Standart format: mail.MAIL_DOMAIN_NAME. Misol: mail.domain.com.
Batafsil: server sertifikatni mijoz ulaniş uçun işlatgan nomga qarab tanlaydi. Agar mijoz boşqa nom yoki IP manzil orqali ulansa, u Exim sertifikatini oladi. Bunday holda poçta mijozingizda server manzili sifatida taxallusni körsating yoki taxallusni özgartirib, sertifikatni qayta çiqaring.
-
«SSL certificate»:
- «New self-signed» — bepul, işonçsiz sertifikat. Bunday sertifikatli ommaviy serverlarga ulaniş xavfsiz hisoblanmaydi
- «New Let's Encrypt» — bepul, işonçli sertifikat
- «CERTIFICATE_NAME» — «SSL certificates» bölimiga allaqaçon qöşilgan sertifikat
-
«Email» — sertifikat egasining bildirişnomalar yuboriladigan elektron poçta manzili
-
- «Create» (Yaratiş) yoki «Save» (Saqlaş) tugmasini bosing.
Mavjud sertifikatni qöşiş
-
ispmanager-ga kerakli hisob bilan kiring.
-
«SSL certificates» bölimiga öting.
-
Asboblar panelida «Add a certificate» (Sertifikat qöşiş) tugmasini bosing — u kök doira içidagi oq plyus belgisi bilan körsatilgan.
-
Sertifikat turini tanlang:

- «Let's Encrypt»
- «Self-signed»
- «Existing»
-
Maʼlumotlarni töldiring. Ega sifatida poçta domeniga egalik qiladigan foydalanuvçini körsating. Sertifikatdagi nom sertifikat uçun işlatiladigan taxallusga mos kelişi kerak — masalan, mail.domain.com.
Diqqat: Agar taxallus işlatilmasa, sertifikat nomi poçta domeni nomiga mos kelişi kerak.
-
«Create» (Yaratiş) tugmasini bosing.
-
Poçta domeni sozlamalariga qayting va «SSL certificates» röyxatidan sertifikatni tanlang.

-
Özgarişlarni saqlang.
Poçta domeni sertifikatini öçiriş va olib taşlaş
Agar sertifikat poçta domeniga boğlangan bölsa, uni faqat öçirib qöyiş mumkin. Buning uçun poçta domeni sozlamalariga öting, «Secure connection (SSL)» parametridagi belgini olib taşlang va özgarişlarni saqlang. Şundan söng sertifikatni olib taşlaş mumkin böladi.
Sertifikatni olib taşlaş uçun «SSL certificates» bölimiga öting, kerakli sertifikatni tanlang va asboblar panelida «Delete» (Öçiriş — içida xoç belgisi bor çelak belgisi) tugmasini bosing.
Poçta domeniga egalik qiladigan foydalanuvçi öçirilganda unga tegişli barça obyektlar — masalan, DNS yozuvlari va domenning özi — ham avtomatik öçiriladi.
Poçta domeni sertifikati fayllari
Foydalanuvçi uçun faollaştirilgan barça SSL sertifikatlari /var/www/httpd-cert/USER katalogida saqlanadi.
Poçta domeni yaratilgan yoki tahrirlangandan söng sertifikatlar quyidagiça faollaştiriladi:
| RHEL asosidagi OT | Debian asosidagi OT | |
|---|---|---|
| Exim sertifikati | /etc/exim/ssl/ALIAS.crt |
/etc/exim4/ssl/ALIAS.crt |
| Exim kaliti | /etc/exim/ssl/ALIAS.key |
/etc/exim4/ssl/ALIAS.key |
| Dovecot sertifikati havolasi | /etc/email/certs/ALIAS.crt |
/etc/email/certs/ALIAS.crt |
| Dovecot kaliti havolasi | /etc/email/certs/ALIAS.key |
/etc/email/certs/ALIAS.key |
| Dovecot konfiguratsiyasi | /etc/dovecot/certs/ALIAS.conf |
/etc/dovecot/certs/ALIAS.conf |
Dovecot sertifikati havolasi — batafsil
Paneldagi havola formati: ALIAS.crt > /var/www/httpd-cert/USER/CERTIFICATE_NAME.crt.
Bu yerda CERTIFICATE_NAME — sertifikatning «SSL certificates» bölimida körinadigan nomi.
Dovecot kaliti havolasi — batafsil
Paneldagi havola formati: ALIAS.key > /var/www/httpd-cert/USER/PRIVATE_KEY_NAME.key.
Bu yerda PRIVATE_KEY_NAME — «SSL certificates» bölimidagi sertifikat kaliti.
Dovecot konfiguratsiyasi — batafsil
Konfiguratsiya faylidagi yozuv formati:
local_name ALIAS {
ssl_cert = </etc/email/certs/ALIAS.crt
ssl_key = </etc/email/certs/ALIAS.key
}
Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/ssl-certificates-for-mail-domains
Orax