Orax Orax
Kiriş

SSL sertifikatini örnatiş

ispmanager panelida SSL sertifikatini qanday qöşiş, uning turlari, işlayotganini tekşiriş va sertifikat fayllari qayerda saqlanişini bilib olasiz.

Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.

SSL — foydalanuvçi brauzeri va sayt örtasidagi maʼlumotlar uzatilişini şifrlaydigan protokol. Bu protokol muayyan veb-resurs bilan şaxsiy maʼlumotlarni xavfsiz almaşiş imkonini beradi.

Maʼlumotlar bir juft noyob raqamli kalit yordamida şifrlanadi: oçiq kalit va yopiq kalit. Oçiq kalit hammaga maʼlum, yopiq kalit esa faqat sayt egasida saqlanadi. SSL sertifikati kalitlar muayyan saytga tegişli ekanini tasdiqlaydi. Kalitlarning haqiqiyligini sertifikatlarni beradigan sertifikatlaş markazi tekşiradi.

Örnatiş uçun talablar

Sertifikatning har qanday turi uçun domen ispmanager paneli işlayotgan serverga yönaltirilgan bölişi kerak.

SSL sertifikatini qöşiş

Diqqat: SSL sertifikatini qöşişda domen nomini körsatgandan söng faqat lotin harflaridan foydalaning.

ispmanager panelida SSL sertifikatlarini ikki usulda örnatiş mumkin: «Sites» (Saytlar) va «SSL certificates» (SSL sertifikatlari) bölimlari orqali.

«Sites» bölimi orqali

Bu bölimda quyidagilar mumkin:

  • sertifikatni saytga boğlab, undan darhol foydalaniş;
  • saytni tahrirlaş paytida sertifikatni tez çiqariş va sertifikatlar örtasida almaştiriş;
  • har bir sayt uçun sertifikat holatini oson kuzatib boriş.

«SSL certificates» bölimi orqali

Bu bölimda istalgan sayt uçun sertifikatlarni yaratiş, saqlaş, köriş, öçiriş, yangilaş va almaştiriş mumkin.

Sertifikatni saytdan alohida qöşiş uçun:

  1. ispmanager-ga «user» (foydalanuvçi) darajasidagi yoki undan yuqori hisob bilan kiring.
  2. «SSL certificates» bölimiga öting.
  3. Asboblar panelida «Add a certificate» (Sertifikat qöşiş) tugmasini bosing — u kök doira içidagi oq plyus belgisi körinişida.
  4. Keraklisini tanlang:
  5. Maʼlumotlarni töldiring.
  6. Özgarişlarni saqlang.

Sertifikat saytingiz uçun faol bölişi uçun uni sayt sozlamalarida örnating.

SSL sertifikatlari turlari

Let's Encrypt

Eslatma: Let's Encrypt va uni sozlaş tafsilotlari haqida batafsil maʼlumot uçun Let's Encrypt certificates maqolasiga qarang.

Self-signed

Öz-özidan imzolangan (self-signed) sertifikat — bevosita serverda yaratiladigan va imzolanadigan bepul sertifikat. Bu sertifikatning haqiqiyligini tekşiradigan işonçli uçinçi tomon markazi yöq. Bunday sertifikatga brauzerlar unçalik işonmaydi. U yaratilgan kundan boşlab bir yil amal qiladi va muddati tugaganda avtomatik yangilanadi. Lokal yoki test serverlarida foydalaniş uçun mos keladi.

Sertifikat yaratiş uçun kerakli maydonlarni töldiring:

Öz-özidan imzolangan sertifikat yaratiş şakli

Existing

Mavjud (existing) sertifikat sertifikatlaş markazidan sotib olinadi. Brauzerlar unga töliq işonadi. Har qanday tijorat, korporativ yoki davlat portali uçun mos keladi. Amal qiliş muddati sertifikat qança muddatga sotib olinganiga boğliq.

Sertifikat qöşişda panelda quyidagi maydonlarni töldiring:

  • «Username» — SSL sertifikati yaratilayotgan ispmanager foydalanuvçisini tanlang. Bu parametr «user» darajasidagi hisoblar uçun mavjud emas.

  • «SSL certificate» — domen sertifikati tarkibini PEM (.crt) formatida kiriting.

  • «SSL certificate key» — sertifikat kalitini PEM (.key) formatida kiriting.

  • «SSL certificate chain» — sertifikatlar zanjirini PEM (.ca-bundle) formatida kiriting. Agar sertifikatlaş markazi sertifikatlar zanjirini bermagan bölsa, uni özingiz yarating.

    Agar sertifikatlaş markazi fayllarni boşqa formatda bergan bölsa, fayl formatini qölda özgartiring.

SSL sertifikati işlayotganini tekşiriş

SSL sertifikatini qöşgandan söng uning işlayotganini quyidagi usullardan biri bilan tekşirişni tavsiya qilamiz:

«Sites» bölimidagi «SSL» ustuni

Brauzer manzil satrida https va qulf belgisi

  • «Sites» bölimida domen uçun «SSL» ustunida maxsus belgi körsatiladi;
  • sayt sahifasida manzil satridagi URL https:// bilan boşlanadi;
  • sayt sahifasida URL yonida qulf yoki qalqon belgisi körsatiladi.

Texnik tafsilotlar

SSL sertifikati fayllari

Standart holatda foydalanuvçi uçun qöşilgan barça SSL sertifikatlari /var/www/httpd-cert/USERNAME katalogiga joylaştiriladi.

Panelda çiqarilgan sertifikatning nomi uning turiga boğliq:

Let's Encrypt Existing va self-signed
Şablon CERTIFICATE_NAME_le_NUMBER CERTIFICATE_NAME_NUMBER
Misol example-crt_le1 example-crt_1

SSL sertifikati jurnali

Sertifikat turlari orasida jurnal yuritiş faqat Let's Encrypt uçun qöllab-quvvatlanadi.

Öz-özidan imzolangan va mavjud sertifikatlarni yaratiş va qöşiş haqidagi umumiy maʼlumotlar quyidagi fayllarga yoziladi:

  • /usr/local/mgr5/etc/ispmgr.conf — ispmanager-ning asosiy konfiguratsiya fayli
  • /usr/local/mgr5/var/ispmgr.log — ispmanager-ning asosiy jurnali

Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/install-an-ssl-certificate