Maʼlumotlar bazasini import va eksport qiliş
ispmanager panelida maʼlumotlar bazasi dampini qanday yuklab oliş (eksport) va dampdan maʼlumotlarni qanday tiklaş (import) mumkinligini örganasiz.
Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.
Maʼlumotlarni import va eksport qiliş uçun dampdan foydalaniş mumkin. Maʼlumotlar bazasi dampi — maʼlumotlar bazasining tuzilişi va maʼlumotlarini öz içiga olgan matnli fayl. Undan zaxira nusxa sifatida, şuningdek maʼlumotlar bazalarini serverlar örtasida köçiriş uçun foydalanişingiz mumkin.
Maʼlumotlarni eksport qiliş
Maʼlumotlar bazasidan maʼlumotlarni eksport qiliş uçun «Databases» (Maʼlumotlar bazalari) → maʼlumotlar bazasini tanlang → «Dump» (Damp) → «Export» (Eksport) bölimiga öting. Brauzer faylni saqlaş uçun papkani tanlaşni söraydi va faylni yuklab oliş papkasiga saqlaydi.
Maʼlumotlarni import qiliş
Diqqat: Importdan keyin maʼlumotlar bazasidagi joriy maʼlumotlar dampdagi yangi maʼlumotlar bilan almaştiriladi. Agar joriy maʼlumotlar keyingi iş uçun kerak bölsa, importdan oldin ularni saqlab qöying.
- «Databases» (Maʼlumotlar bazalari) → maʼlumotlar bazasini tanlang → «Dump» (Damp) → «Import» (Import) bölimiga öting.
- «File type» (Fayl turi)ni tanlang:
- «Local computer file» (Kompyuterdagi fayl) — kompyuteringizdagi faylni tanlang;
- «File URL on remote server» (Masofaviy serverdagi fayl URL manzili) — «URL» manzilini kiriting;
- «File on server» (Serverdagi fayl) — serverdagi faylga yölni kiriting.
- «Upload» (Yuklaş) tugmasini bosing.
Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/import-and-export-the-database
Orax