Poçta qutilari
ispmanager panelida poçta qutisini qanday yaratiş, uning parametrlarini sozlaş va poçta qutilari bilan qanday amallar bajariş mumkinligini bilib olasiz.
Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.
Poçta qutilari xatlarni qabul qiliş va yuboriş uçun işlatiladi.
Poçta qutisi uçun talablar
Poçta qutilari bilan işlaş uçun quyidagilar kerak:
- serveringizga örnatilgan poçta serverlari
- poçta domeni
- poçta qutilari bilan işlaş uçun ruxsatlar
Yangi poçta qutisini yaratiş
Eslatma: Foydalanuvçi özi uçun çeklovlarda (Limits) belgilangan miqdorda poçta qutisi yaratişi mumkin. Agar çeklovlar belgilanmagan bölsa, istalgan miqdordagi poçta qutisini yaratiş mumkin.
-
«Mail» (Poçta) bölimiga öting.
-
Asboblar panelida «Create mailbox» (Poçta qutisini yaratiş) tugmasini bosing.
-
Maydonlarni töldiring:
- «Name» — poçta qutisining nomi. Nomda kiçik lotin harflari, raqamlar, defis va nuqtalar bölişi mumkin.
- «Domain» — poçta qutisining poçta domeni.
- «Aliases» — şu poçta domenidagi poçta qutisi uçun qöşimça nomlar (taxalluslar). Taxallus manziliga kelgan xatlar asosiy poçta qutisiga yönaltiriladi. Har bir taxallus uçun Exim konfiguratsiya fayliga MAILBOX_ALIAS:MAIN_MAILBOX:fwd formatidagi qator qöşiladi.
- «Password» — poçta qutisining paroli.
- «Confirm» — parolni tasdiqlaş.
- «Send a copy to» — joriy poçta qutisiga kelgan xatlarning nusxalari yuboriladigan poçta qutilari manzillari.
- «Do not save incoming emails» — yönaltirilgan xatlar joriy poçta qutisida saqlanmasligini istasangiz, şu belgini qöying. Körsatilgan har bir manzil uçun Exim konfiguratsiya fayliga REDIRECT_MAILBOX:MAIN_MAILBOX:user formatidagi qator qöşiladi.
- «Max. size» — poçta qutisi tarkibi egallaşi mumkin bölgan disk joyining eng katta hajmi. Eng katta hajmga yetilganda kiruvçi xatlar rad etiladi. Böş qoldirilsa, poçta qutisi hajmi çeklanmaydi.
- «Number of mails sent per hour» — poçta qutisidan bir soatda yuboriş mumkin bölgan xatlarning eng köp soni. Çeklovga yetilganda çiquvçi xatlar bloklanadi. Agar 0 yoki 1 qiymatini körsatsangiz, xatlar yuborilmaydi. Böş qoldirilsa, foydalanuvçi yoki poçta serveri darajasida belgilangan çeklovlar qöllaniladi.
- «Enable Greylisting» — poçta qutisi uçun Greylistingni yoqadi. Tanlangan poçta domeni uçun Greylisting yoqilgan bölsa mavjud böladi. Agar poçta qutisi uçun Greylisting öçirilgan bölsa, poçta qutisi qabul qiluvçilarning oq röyxatiga qöşiladi. Unga keladigan xatlar bloklanmaydi.
- «Enable SpamAssassin» — poçta qutisi uçun SpamAssassinni yoqadi. Tanlangan poçta domeni uçun SpamAssassin yoqilgan bölsa mavjud böladi. Agar poçta qutisi uçun SpamAssassin öçirilgan bölsa, poçta qutisi qabul qiluvçilarning oq röyxatiga qöşiladi. Unga keladigan xatlar spam EMAS deb belgilanadi (yoki ularning spam reytingi sezilarli darajada pasaytiriladi).
- «Note» — qöşimça maʼlumot.

-
Özgarişlarni saqlang.
Yaratilgandan söng poçta qutisi foydalaniş uçun tayyor böladi.
Poçta qutilarini köriş
Poçta qutisi yaratilgandan söng u «Mail» bölimidagi röyxatda paydo böladi. Köriş imkoniyati:
- foydalanuvçilar — öz poçta qutilarini köra oladi;
- resellerlar — öz foydalanuvçilariga tegişli poçta qutilarini köra oladi;
- administratorlar — barça poçta qutilarini köra oladi.
Reseller va administratorlar röyxatni faqat tanlangan foydalanuvçining poçta qutilari körinadigan qilib filtrlaşi mumkin:
- Foydalanuvçining poçta qutisini tanlang.
- Menyu tugmasini bosing.
- Kontekst menyusida «Filter by user» (Foydalanuvçi böyiça filtrlaş) bandini tanlang.
Poçta qutilari bilan amallar
Asboblar panelidagi tugmalar yordamida quyidagi amallarni bajariş mumkin:
- Poçta qutisini tahrirlaş.
- Poçta qutisini öçiriş. Agar poçta qutisi uçun zaxira nusxalar yaratilmagan bölsa, uni tiklab bölmaydi.
- Poçta sozlamalari.
- Öçirib qöyilgan poçta qutisini yoqiş.
- Poçta qutisini öçirib qöyiş. Öçirib qöyilgan poçta qutisiga kirib bölmaydi va unga heç qanday xat yetkazilmaydi. Bunday poçta qutisiga xat yuboriş urinişlari 5.0.0 xatosiga olib keladi. Foydalanuvçi administrator tomonidan öçirib qöyilgan poçta qutisini yoqa olmaydi.
- Poçta qutisi tarkibini tozalaş. Agar poçta qutisi uçun zaxira nusxalar yaratilmagan bölsa, uning tarkibini tiklab bölmaydi.
- Poçta klienti sozlamalari: kiruvçi va çiquvçi poçta serverlari, portlar hamda IMAP/POP3/SMTP protokollari.
- ispmanager-ga poçta qutisi egasi sifatida kiriş. Reseller darajasidagi va undan yuqori hisoblar uçun mavjud.
- Poçta qutisini import qiliş.
- Poçta qutisi taxalluslarini köriş va boşqariş. Taxalluslarni köriş imkoniyati:
- foydalanuvçilar — öz poçta qutilari taxalluslarini köra oladi;
- resellerlar — öz foydalanuvçilariga tegişli poçta qutilari taxalluslarini köra oladi;
- administratorlar — barça poçta qutilari taxalluslarini köra oladi.
- Menyu → «Log in as mailbox owner» (Poçta qutisi egasi sifatida kiriş) — ispmanager-ga poçta qutisi sifatida kiriş. Panelda quyidagilar mavjud böladi:
- boşqaruv paneli (dashboard)
- filtrlaş
- avtojavob
- poçta qutisini tozalaş
- poçta qutisini import qiliş
- kiriş jurnali
- foydalanuvçi sozlamalari
Konfiguratsiya fayllari
| RHEL asosidagi operatsion tizimlar | Debian asosidagi operatsion tizimlar | |
|---|---|---|
| Poçta qutilari röyxati (Exim) | /etc/exim/passwd |
/etc/exim4/passwd |
| Poçta qutilari taxalluslari (Exim) | /etc/exim/aliases |
/etc/exim4/aliases |
| Xat çeklovlari (Exim) | /etc/exim/ratelimits |
/etc/exim4/ratelimits |
| Poçta qutilari haqida maʼlumot (Dovecot) | /etc/dovecot/dovecot.passwd |
/etc/dovecot/dovecot.passwd |
| Greylisting qabul qiluvçilar oq röyxati | /etc/postfix/postgrey_whitelist_recipients |
/etc/postgrey/whitelist_recipients |
| SpamAssassin qabul qiluvçilar oq röyxati | /etc/mail/spamassassin/local.cf |
/etc/mail/spamassassin/local.cf |
Jurnal
Poçta qutilarini yaratiş, parametrlarini sozlaş, öçiriş va ular bilan boğliq boşqa amallar ispmanager-ning asosiy jurnaliga yoziladi — /usr/local/mgr5/var/ispmgr.log.
Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/mailboxes
Orax