Maʼlumotlar bazasi foydalanuvçisini yaratiş
ispmanager panelida maʼlumotlar bazasi uçun yangi foydalanuvçi qöşiş, unga masofadan kiriş va ruxsat etilgan amallarni belgilaşni örganasiz.
Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.
Maʼlumotlar bazasi yaratilganda tizim foydalanuvçi hisobini ham yaratadi. Foydalanuvçini alohida yaratiş uçun quyidagi qadamlarni bajaring.
Foydalanuvçini yaratiş
-
«Databases» (Maʼlumotlar bazalari) → «Users» (Foydalanuvçilar) → «Add» (Qöşiş) bölimiga öting.
-
Maʼlumotlar bazasi bilan işlaydigan «User» (Foydalanuvçi)ni tanlang. Yoki yangi foydalanuvçi qöşib, uning «Username» (Foydalanuvçi nomi) va «Password» (Parol)ini kiriting.
-
«Remote access» (Masofadan kiriş) — foydalanuvçiga maʼlumotlar bazasiga boşqa kompyuterdan kiriş uçun ruxsat beriş uçun belgini qöying. Maʼlumotlar bazasiga kirişga ruxsat beriladigan «List of IP address» (IP manzillar röyxati)ni körsating.
Eslatma: Agar CentOS 7 da alternative MySQL versions (MySQLning alternativ versiyalari) işlatilsa, bu parametrni barça foydalanuvçilar uçun yoqing.
-
Foydalanuvçi maʼlumotlar bazasiga sörovlarda işlata oladigan operatorlar uçun parametrlarni yoqing.
-
«Ok» tugmasini bosing.
Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/create-a-database-user
Orax