Node.js loyihasini boşqariş
ispmanager panelida Node.js loyihasining işga tuşiriş sozlamalari, qayta işga tuşiriş, npm paketlari, loyiha fayllari va pm2 orqali tekşiriş haqida bilib olasiz.
Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.
Node.js sayti bilan amallar
Amalni tanlaş uçun:

- ispmanager paneliga öz hisobingiz bilan kiring.
- «Sites» (Saytlar) bölimiga öting.
- Sayt yoki ilovani tanlang va kontekst menyusi tugmasini (uç nuqta belgisi) bosing.
- Kontekst menyusida kerakli amalni tanlang:
- «Run settings (Node.js)»
- «Restart (Node.js)»
- «Npm install»
- «View Node.js packages»
- «Shell client»
Run settings (Node.js)
Işga tuşiriş sozlamalari — Node.js loyihada bajaradigan, konfiguratsiya faylidagi buyruqlar. Masalan, node server.js buyruği server.js faylini işga tuşiradi.
Buyruqlarni sozlaş uçun quyidagi maʼlumotlarni töldiring:

-
«Select a command from the list of available commands» (Mavjud buyruqlar röyxatidan tanlaş):
-
«Command selection» (Buyruqni tanlaş) — buyruqlar
package.jsonfaylining"scripts"parametrida körsatilgan röyxatdan tanlanadi.Buyruq namunasi:
"scripts": { "test": "echo \"Error: no test specified\" && exit 1", "start": "node server.js" }
-
-
«Specify the command manually» (Buyruqni qölda körsatiş):
- «Command description» (Buyruq tavsifi) — loyihani işga tuşiriş uçun qölda yozilgan bitta buyruq. Buyruq operatorlar (
&&,;va|) yordamida bir neçta buyruqni öz içiga olişi mumkin. Buyruq namunasi:"npm run test && exit 1"
- «Command description» (Buyruq tavsifi) — loyihani işga tuşiriş uçun qölda yozilgan bitta buyruq. Buyruq operatorlar (
-
«Execute an additional command before project run» (Loyihani işga tuşirişdan oldin qöşimça buyruq bajariş) — öz buyruğingizni körsatib, uni har bir işga tuşirişdan oldin bajariş uçun şu belgini qöying. Buyruq namunasi:
node server.js. Buyruq bajarilgaçdan söng u «Select a command from the list of available commands» bandidagi buyruqlar röyxatida saqlanadi. Röyxatdagi buyruq namunasi:"ispmanager-custom-command":"node server.js" -
«Environment variable» (Muhit özgaruvçisi) — loyihaga kodni özgartirmasdan parametrlarni uzatadigan özgaruvçi. Muhit özgaruvçilari base64-XML kodlaşda saqlanadi. Ular içki nodejs jadvalining AppEnv maydonida
NAME/VALUEformatida körsatiladi. 10 tagaça muhit özgaruvçisini qöşiş mumkin.- «Name» (Nomi) — özgaruvçi nomi. Misol:
EXAMPLE_ENV - «Value» (Qiymati) — özgaruvçi qiymati. Misol:
example_value
- «Name» (Nomi) — özgaruvçi nomi. Misol:
Özgarişlarni kiritgaçdan söng «Save» (Saqlaş) tugmasini bosing.
Yangi buyruqlar qöşilgaçdan söng ularni npm orqali örnating va loyihani qayta işga tuşiring.
Restart (Node.js)
Node.js loyihasi yaratilib, birinçi marta joylaştirilgaçdan söng avtomatik qayta işga tuşiriladi.
Eslatma: Keyingi barça özgarişlarni qöllaş uçun loyihani qölda qayta işga tuşiring.
Qayta işga tuşiriş vaqtida «Parameters» ustunida jarayon holati belgisi (pastga yönalgan kök strelkali Node.js belgisi) körinadi. Muvaffaqiyatli yakunlansa, holat yaşil Node.js belgisiga özgaradi; muvaffaqiyatsiz bölsa, xato belgisiga (ogohlantiriş belgili qizil Node.js belgisi) özgaradi. Xatolar jurnalini köriş uçun holat belgisini bosing.
Npm install
Npm — Node.js paketlar menejeri. install buyruği bilan işlatilganda u package.json faylidagi boğliqliklarni örnatadi va loyihani boşqaradi. Bu terminalda buyruqni kiritiş bilan bir xil.
«Npm install»dan har doim quyidagi hollarda foydalaning:
- işga tuşiriş sozlamalarini özgartirgaçdan söng;
package.jsonfayliga boğliqliklarni qölda qöşgaçdan söng.
Paketlar «View Node.js packages» orqali örnatilganda bu şart emas.
View Node.js packages
Bu bölim quyidagi imkoniyatlarni beradi:
package.jsonfaylidan avtomatik yuklab olingan paketlarni köriş;- yetişmayotgan paketlarni
package.jsonfaylini tahrirlamasdan örnatiş; - paketlarni
package.jsonfaylidan va loyihadan öçiriş.
Paketlarni qölda örnatiş uçun:

-
Asboblar panelida «Install» (Örnatiş) tugmasini bosing.
-
Paketni
PACKAGE@PACKAGE_VERSIONformatida kiriting. Bir neçta paket bölsa, har birini yangi qatorga yozing.Misol: Express-ning 4.18.3 versiyasini örnatiş uçun express@4.18.3 ni kiriting.
-
«Install» tugmasini bosing.
-
Paketlar örnatilib bölişini kuting.
Paketlar npm reyestridan örnatiladi. Örnatilgaçdan söng ular röyxatda paydo böladi va package.json faylining "dependencies" qismiga qöşiladi.
package.json faylidagi yozuv namunasi:
{
"name": "node.com",
"version": "1.0.0",
"description": "",
"main": "server.js",
"scripts": {
"test": "echo \"Error: no test specified\" && exit 1",
"start": "node server.js"
},
"keywords": [],
"author": "",
"license": "ISC",
"type": "commonjs",
"dependencies": {
"express": "^4.18.3"
}
}
Shell client
Node.js va npm buyruqlarini bajariş uçun «Shell client»dan foydalaning. Bu imkoniyat foydalanuvçi sozlamalarida shell-ga kiriş yoqilgan bölsa mavjud.
«Shell client» işga tuşirilganda boşqaruv paneli avtomatik ravişda:
- saytning uy katalogini oçadi;
- tanlangan sayt uçun Node.js-ga yöllarni
PATHözgaruvçisiga qöşadi.
Node.js loyihasi fayllari
Standart holatda Node.js loyihasi package.json konfiguratsiya faylini va server.js server faylini yaratadi. Konfiguratsiya fayli npm orqali boğliqliklarni örnatiş va serverni işga tuşirişni boşqaradi.
Fayllarni tahrirlaş uçun:
Diqqat: Oqibatlarini töliq tuşunmasangiz, fayllarni tahrirlamang. ispmanager saqlaşdan oldin sintaksisni tekşiradi, lekin sozlamalar töğriligini tekşirmaydi.
-
ispmanager paneliga öz hisobingiz bilan kiring.
-
«Sites» bölimiga öting.
-
Saytni tanlang.
-
Asboblar panelida «Config. files» (Konfiguratsiya fayllari) tugmasini bosing.
-
Node.js konfiguratsiya faylida
"main"va"start"parametrlaridagi sayt ilovasiga yölni özgartiring.package.jsonfaylining standart mazmuni:{ "name": "doc.test", "version": "1.0.0", "description": "", "main": "server.js", "scripts": { "test": "echo \"Error: no test specified\" && exit 1", "start": "node server.js" }, "keywords": [], "author": "", "license": "ISC" }Eslatma: Konfiguratsiya fayli formati haqida batafsil maʼlumot Node.js-ning rasmiy hujjatlarida berilgan.
-
Kerak bölsa, server faylini tahrirlang.
server.jsfaylining standart mazmuni:const http = require('http'); const fs = require('fs'); const server = http.createServer((req, res) => { res.statusCode = 200; res.setHeader('Content-Type', 'text/html;charset=utf-8'); const data = fs.readFileSync(process.env.INDEX_PATH, 'utf8'); res.end(data); }); if ("SOCKET" in process.env) { const socket = process.env.SOCKET; // Socket must be removed before starting server. // This action is required. Otherwise server will not start if socket exists. if (fs.existsSync(socket)) { fs.unlinkSync(socket); } server.listen(socket, () => { fs.chmodSync(socket,0660); console.log(`Listening ${socket}`); }); } else if ("PORT" in process.env) { const hostname = process.env.INSTANCE_HOST; const port = process.env.PORT; server.listen(port, hostname, () => { console.log(`Listening http://${hostname}:${port}/`); }); } -
«Save and Close» (Saqlaş va yopiş) tugmasini bosing.
Keyin paketlarni npm orqali örnating.
Ilovani pm2 orqali tekşiriş
Sayt ilovasi işini pm2 jarayonlar menejeri orqali tekşiring. Bu imkoniyat foydalanuvçi sozlamalarida shell-ga kiriş yoqilgan bölsa mavjud.
-
ispmanager paneli işlayotgan serverga SSH orqali ulaning.
-
Terminalga sayt egasi nomidan kiring.
Buning uçun terminalda quyidagi buyruqni kiriting:
su USERNAMEbu yerda
USERNAME— paneldagi foydalanuvçi nomi. Masalan, www-root. -
Ilovalar röyxatini çiqaring:
/usr/lib/ispnodejs/bin/pm2 listNatija namunasi:
|id│name │namespace│version│mode│pid │uptime│↺ │status│cpu│mem │user │watching│ ├──┼────────────┼─────────┼───────┼────┼──────┼──────┼──┼──────┼───┼──────┼──────────────────┼────────┤ │ 0│example.com │default │N/A │fork│317423│ 13m │2 │online│0% │60.6mb│ USERNAME │disabled│ │ 1│example2.com│default │N/A │fork│316830│ 19m │0 │online│0% │61.7mb│ USERNAME │disabled| -
Kerakli ilova haqida maʼlumot sörang:
/usr/lib/ispnodejs/bin/pm2 info NAME or IDBu yerda:
NAME— sayt nomi. Masalan, example.comID— ilova jarayonining identifikatori
Natija namunasi:
Describing process with id 0 - name example.com | status │ online │ │ name │ example.com │ │ namespace │ default │ │ version │ N/A │ │ restarts │ 2 │ │ uptime │ 15m │ │ script path │ /var/www/ USERNAME /data/.nvm/versions/node/v18.1.0/bin/npm │ │ script args │ start │ │ error log path │ /var/www/ USERNAME /data/.pm2/logs/example.com-error.log │ │ out log path │ /var/www/ USERNAME /data/.pm2/logs/example.com-out.log │ │ pid path │ /var/www/ USERNAME /data/.pm2/pids/example.com-0.pid │ │ interpreter │ node │ │ interpreter args │ N/A │ │ script id │ 0 │ │ exec cwd │ /var/www/ USERNAME /data/www/example.com │ │ exec mode │ fork_mode │ │ node.js version │ 26.2.0 │ │ node env │ N/A │ │ watch & reload │ ✘ │ │ unstable restarts │ 0 │ │ created at │ 2026-06-01T04:25:03.051Z |
Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/managing-a-nodejs-project
Orax