Bitta saytning zaxira nusxasi
Alohida saytning zaxira nusxasini qanday yaratiş va uni xuddi şu yoki boşqa saytga qanday tiklaşni bilib olasiz.
Tugma va menyu nomlari panelda qanday körinsa, şunday — inglizça «…» içida berilgan.
Tavsif
Bitta saytni zaxira nusxalaş moduli tanlangan saytning zaxira nusxasini olib, maʼlumotlarni zaxira nusxadan tanlangan saytga tiklaş imkonini beradi.
Bir saytning zaxira nusxasidagi maʼlumotlarni boşqa saytga tiklaş qöllab-quvvatlanadi.
Zaxira nusxani qanday yaratiş
-
«Sites» (Saytlar) bölimiga öting va nusxasini yaratmoqçi bölgan saytni tanlang.
-
Kontekst menyuda «Create a backup copy of the website» bandini bosing.
-
Zaxira nusxaga kiritiladigan maʼlumotlar va nusxani saqlaş joyi körsatilgan forma oçiladi.
-
Saqlaş usulini tanlang:
-
«Save to the home directory» (uy katalogiga saqlaş)
Bu variantni tanlasangiz, zaxira nusxa foydalanuvçining uy katalogidagi
backupskatalogida joylaşadi, masalan:/var/www/www-root/data/backups/example.com/F2023-12-04_13-08-41.www-root.tgz -
«Download to the local computer» (mahalliy kompyuterga yuklab oliş)
Bu holda zaxira nusxa yaratilgaçdan söng foydalanuvçining kompyuteriga yuklab olinadi.
Zaxira nusxa saqlanadigan joyni tanlaganingizdan söng «Create» tugmasini bosing.
-
Zaxira nusxadan qanday tiklaş
-
«Sites» bölimiga öting.
-
Saytni tanlang va kontekst menyuda «Restore website from a copy» bandini bosing.
-
Tiklamoqçi bölgan maʼlumotlarni tanlaş mumkin bölgan forma oçiladi:
-
«Website files» (sayt fayllari) — sayt katalogida joylaşgan fayllar, masalan:
/var/www/www-root/data/www/example.com -
«Website settings» (sayt sozlamalari) — sayt formasidagi sozlamalarni öz içiga olgan metamaʼlumotlar.
-
«Database» (maʼlumotlar bazasi) — sayt maʼlumotlar bazasining dampi hamda maʼlumotlar bazasi formasi va maʼlumotlar bazasi foydalanuvçilari formasidagi sozlamalarni öz içiga olgan metamaʼlumotlar.
-
«SSL certificate» (SSL sertifikat) — saytning SSL sertifikatini öz içiga olgan metamaʼlumotlar.
Eslatma: Agar zaxira nusxa saqlangandan keyin SSL sertifikat qayta berilgan bölsa, eski sertifikatni tiklamasligingizga (band tanlanmaganiga) işonç hosil qiling, aks holda eski sertifikat maʼlumotlari tiklanadi.
- Agar «Website settings» belgisi yoqilgan bölsa, tiklangan «Database» va «SSL certificate» saytga boğlanadi.
- Agar faqat «Database» va «SSL certificate» ni yoqsangiz, tegişli obyektlar saytga boğlanmagan holda tiklanadi.
- Agar maʼlumotlar bazasi va SSL sertifikat allaqaçon mavjud bölgan holda «Website settings» ni yoqsangiz, ular saytga boğlanadi, aks holda faqat sayt sozlamalari tiklanadi.
-
Zaxira nusxadan boşqa saytga qanday tiklaş
-
Zaxira nusxani boşqa saytga tiklaşda tanlangan bandlarga qarab quyidagi amallar bajariladi:
- «Website files» yangi saytning uy katalogiga çiqariladi. Kataloglar va fayllar tuzilmasi saqlanadi.
- «Website settings» tiklanayotgan saytga asosiy zaxira nusxalaş modulidagi kabi mantiq bilan qöllanadi.
- «Database» ga boğlaş, agar maʼlumotlar bazasi muvaffaqiyatli tiklangan bölsa yoki foydalanuvçining boşqa saytga boğlanişi bölmasa, bajariladi.
- «Database», agar u saytga boğlangan bölsa yoki umuman mavjud bölmasa, tiklanadi.
- «SSL certificate», agar u mavjud bölmasa yoki saytga boğlangan bölsa va tiklanayotgan saytga mos kelsa, tiklanadi.
Boşqa hollarda tegişli xato körsatiladi.
-
Arxiv manbasini tanlang:
-
«Home directory» (uy katalogi)
Zaxira nusxalar katalogining mazmuni körsatiladi — undan tiklaş uçun nusxani tanlaşingiz mumkin.
-
«Upload from local computer» (mahalliy kompyuterdan yuklaş)
Fayl yuklaş menejeri körsatiladi. Bir vaqtda bitta tgz fayl yuklaş mumkin.
-
-
Sozlamalar formasini töldirgaçdan söng «Restore» tugmasini bosing.
Eslatma: Foydalanuvçi bir vaqtda faqat bitta sayt zaxira nusxalaş yoki tiklaş amalini bajara oladi. Agar foydalanuvçi asosiy zaxira nusxalaş moduli orqali zaxira nusxalanayotgan yoki tiklanayotgan bölsa, saytni zaxira nusxalaş yoki tiklaş mumkin emas. Sayt zaxira nusxalari asosiy zaxira nusxalaş modulining zaxira nusxalar röyxatida körsatilmaydi.
Bu tarjima ispmanager ruxsati bilan tayyorlangan. Manba: ispmanager rasmiy hujjatlari (© ispmanager). Asl sahifa: https://www.ispmanager.com/docs/ispmanager/backup-of-a-single-site
Orax